Jahon | 21:41 / 15.10.2015
4092
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va ittifoqchilar Iroqdagi IShID shtabini yo‘q qilishdi

AQSh boshchiligidagi koalitsiya harbiy kuchlari IShIDning Iroq shimolida joylashgan shtabini yo‘q qilishdi, deb xabar bermoqda Alsumaria telekanali mahalliy harbiy manbaga asoslanib.
Ma'lum qilinishicha, aviazarba natijasida sakkiz nafar jangari, shu jumladan, bo‘lim komandiri Abu Hazifa al-Ansoriy ham yo‘q qilingan.

"Xalqaro koalitsiya aviatsiyasi bugun kunduzi IShIDning Es-Saroy va El-Xavija tumanlaridagi bir qancha marralariga aviazarba berishdi. Natijada terrorchilik tashkilotining jangarilarni Kirkuk viloyati bilan bog‘lab turuvchi muvofiqlashtirish shtabi yakson etildi” – deyiladi manbada.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish